Erdo’g’an Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan muloqot qildi

Yetakchilar suhbat chog’ida bir-birlarini muborak ayyom – Qurbon hayiti bilan tabrikladilar.

1465198
Erdo’g’an Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Yetakchilar suhbat chog’ida bir-birlarini muborak ayyom – Qurbon hayiti bilan tabrikladilar.

Yetakchilar Turkiya va Turkmaniston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etdilar.

Shuningdek, suhbat chogʻida Turkiya bilan qardosh Turkmaniston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Oman sultoni Haysem bin Tarik bilan ham muloqot qildi.

Muloqotda Erdo’g’an va Oman sultoni Qurbon hayit bayrami bilan bir-birini samimiy qutlab, ezgu tilaklarini izxor etdilar.

 



Aloqador xabarlar