Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qatar amiri bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al-Sani bir-birlarini muborak Qurbon hayiti bilan tabrikladilar.

1464934
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qatar amiri bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al-Sani bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Erdo’g’an va Al-Sani avvalo bir-birlarini muborak Qurbon hayiti bilan tabrikladilar.

Yetakchilar Turkiya va Qatar xalqlariga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etdilar.

Shuningdek, suhbat chogʻida Turkiya va Qatar oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.



Aloqador xabarlar