Erdo'g'an Qurbon hayiti munosabati bilan turk xalqini tabrikladi

Erdo'g'an ushbu bayram nafaqat Turkiyaga, balki butun dunyoga tinchlik-omonlik olib kelishiga tilak bildirib, "Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!",-dedi.

1464601
Erdo'g'an Qurbon hayiti munosabati bilan turk xalqini tabrikladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning sharqiy O'rta yer dengizi va Egeydagi huquqini himoya qilish yo'lida amalga oshirayotgan sa'y-harakatlarini davom ettirishini ma'lum qildi.

Turkiya global xatar - COVID-19ga qarshi kurashishni muvaffaqiyatli amalga oshirayotganligini ta'kidlagan Erdo'g'an yangi normal hayotga qaytish jarayonida barcha sektorlarda pandemiyadan oldingi kunlarga yaqin natijaga erishilganligini ma'lum qildi.

"Umid qilamanki, zafar bayrami yaqinlashib kelayotgan shu kunlarda avlodlarimizga yangi zafarlar meros qilib qoldiramiz",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

"Iroq va Suriyadan Liviyagacha bo'lgan keng mintaqada olib borayotgan kurashimizni nafaqat o'zimiz, balki qardoshlarimiz uchun katta zafarlar bilan yakunlash bo'yicha qat'iy irodaga egamiz",-deb ilova qiladi prezident Erdo'g'an.

Prezidentning ta'kidlashicha, Ayasofiya jome'-masjidini xizmatga ochish bilan bir qatorda, Turkiya mustaqillik huquqidan to'la qonli foydalanishga hech ikkilanmaydi.

"Turkiya dunyoda dini, irqi, millati, madaniyati qanday bo'lishidan qat'iy nazar adolatsizlikka, haqsizlikka, zulmga uchragan barchaga madadkor bo'ladi",-dedi Erdo'g'an.

Shuningdek, prezident Erdo'g'an kirib kelayotgan muqaddas ayyom Qurbon hayit munosabati bilan barchani tabrikladi. Ushbu bayramning nafaqat Turkiyaga, balki butun dunyoga tinchlik-omonlik olib kelishiga tilak bildirib, "Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!",-dedi.

 


 

 



Aloqador xabarlar