Prezident Erdo‘g‘an, Oliy harbiy kengash qarorlarini tasdiqladi

Bugun, Oliy Harbiy Kengash majlisi Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida poytaxt Anqarada, Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tdi.

1460684

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Oliy harbiy kengash qarorlarini tasdiqladi.

Oliy harbiy kengash qarorlari doirasida 17 nafar general va admiral bir pog‘ona yuqori rutbaga, 51 nafar polkovnik esa general va admirallikka ko‘tarildi.

Oliy harbiy kengash qarorlari doirasida 35 general va admiralning xizmat muddatlari bir yil, 294 polkovnikning xizmat muddati esa ikki yilga uzaytirildi.

OHK qarorlariga ko‘ra 30 general/ admiral shtat yetishmovchiligi tufayli nafaqaga chiqarildi.

226 nafar bo‘lgan general/ admiral soni 30 – avgustdan e’tiboran 21 nafarga ko‘payib 247 nafarga chiqadi.

OHK qarorlari bilan Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi ikkinchi raisi general – leytenant Metin – Gurak generallik darajasiga, Harbiy – dengiz kuchlari qo‘mondoni admiral o‘rinbosari Erjument Tatlio‘g‘lu admiral darajasini oldi.

Aloqador xabarlar