Prezident Erdo‘g‘an: “Eng yaxshilar ligasida ishtirok etishga tayyormiz.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, mahalliy avtomobil TOGG ishlab chiqarilgan TOGG Platformasi dizayn qilish va ishlab chiqarish markazining qurilish ishlarini boshlatish marosimida nutq so’zladi.

1457546
Prezident Erdo‘g‘an: “Eng yaxshilar ligasida ishtirok etishga tayyormiz.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, “Eng yaxshilar ligasida ishtirok etishga tayyormiz” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, mahalliy avtomobil TOGG ishlab chiqarilgan TOGG Platformasi dizayn qilish va ishlab chiqarish markazining qurilish ishlarini boshlatish marosimida nutq so‘zladi.

Unda, “Xalqimizning har bir a’zosi, yurtimizning kuchi va ishlab chiqarish saviyasini ko‘rsatgan bu loyihani qo‘llab – quvvatladi” degan Prezident Erdo‘g‘an,

“Turkiya avtomobilining dovrug'i faqatgina yurtimizda emas, dunyoning har bir nuqtasiga tarqadi” deya gapirdi.

Fabrikani 18 oyda, mahsulotni ishlab chiqarish ishlarini esa 2022 – yilning oxirgi choragida tamomlashni rejalashtirganliklarini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichimiz, usulimiz, texnologiyamiz, rejamiz va yetkazib beruvchilarimiz bilan dunyodagi eng yaxshilar ligasida ishtirok etishga tayyormiz.” dedi. 

Buyuk, kuchli va yangiliklarga boy o‘lka ko‘z qarashining ramzi hisoblangan bu asarning avloddan – avlodga ilhom baxsh etishiga ishonchi komil ekanligini qayd etgan Erdo‘g‘an, o‘zini TOGG orqali isbotlagan shirkatlarning global tus olish yo‘lida shaxdam qadam tashashlarini ta’kidladi.

 

 



Aloqador xabarlar