Kalin: “15 – iyul shahidlarimizni hurmat, minnatdorchilik va rahmat ila yodga olaman.”

Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, 15 – iyul Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan bayonot berdi.

1455605
Kalin: “15 – iyul shahidlarimizni hurmat, minnatdorchilik va rahmat ila yodga olaman.”

Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, 15 – iyuldagi to‘ntarishchi tashabbusining to‘rtinchi yilida Turkiyaning, demokratiya va erkinligini himoya qilish uchun qat’iy qarorlilik ichida ekanligini qayd etdi.

Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, 15 – iyul Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan bergan bayonotida,

“Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida huquqning ustivorligi va asosiy haq - huquq erkinligining himoya qilinishi tamoyillari inobatga olingan holda, davlat ichidagi tashkiliy tuzilish aniqlanib, mansublari ustidan adolatli sud jarayoni puxta va qarorlilik bilan davom etmoqda. Mustaqil sudlar oldida surishtirilmoqda.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Imperialist kuchlarning yordamchisi bo‘lishga uringan din va ta’lim qiyofasi ostidagi xoin FETTning maqsadiga erisholmaganini, xalqning bu kurashdan kuchli chiqqanini ifoda etgan Kalin, Turkiyaning boshiga yana bir bor bunday musibatning kelmasligi uchun birlik va birdamlik ichida faoliyat olib borishni davom etmoqchi ekanliklarini qayd etdi.

Kalin, Turk Qurolli kuchlari tarkibida (yashirin) in qurgan FETT ga a’zo bir guruh boshlatgan (davlatni) to‘ntarish tashabbusi chog‘ida Prezidentlik kulliyasi, Turkiya Buyuk Millat Majlisi, bir necha tashkilot bilan vatan tuprog‘ining butunlay hujum va ishg‘ol ostida qolganini yodga soldi.

Xoin to‘ntarishchilarning huddi ana shu kuni Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an va oilasini nishonga olgan bir suiqasd tashabbusiga qo‘l urganliklarini eslatib o‘tgan Kalin,

“Prezidentimizning chaqirig‘i bilan xalqimiz to‘ntarish tashabbusiga monelik qilish uchun ko‘chalarga chiqib F – 16 lar, tanklar va og‘ir qurollar orqali o‘q uzilishiga qaramay bu qonli to‘ntarishni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. Ana shu kecha, 251 nafar gunohsiz yurttoshimiz to‘ntarishchilarning xoin o‘qlari orqali shahid bo‘ldi. 2 194 fuqaromiz ham g‘oziy bo‘ldi. Ularni aslo unutmaymiz, unuttirmaymiz ham” degan ifodalarga o‘rin berdi.

FETTning chet eldagi Turkiyaga qarshi olib borgan faoliyatlarini to‘xtatish uchun ham kerakli tashabbuslarining davom etganini ham ta’kidlagan Kalin,

“15 – iyul to‘ntarish tashabbusidan keyin FETT a’zolarining Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa bosh bo‘lish bilan birga dunyoning turli davlatlariga qochib, qo‘l urgan og‘ir jinoyatlarining jazosini tortmay hayotini davom ettirishiga ruxsat berilishi, o‘zaro munosabatlarimizga ziyon bermoqda. Turkiya, terror xavfi ostidagi mamlakatlarning milliy xavfsizligi asosida qadam tashlar ekan ayniqsa g‘arb davlatlari bu borada to‘g‘ri munosabatda bo‘lmadi. FETT to‘daboshining haligacha yurtimizga ekstraditsiya qilinmaganligi va AQShda istiqomat qilishiga ruxsat berilishi, Turkiya bilan AQSh o‘rtasidagi ittifoqlik ruhiga ziyon yetkazmoqda. Xoin FETTning demokratiyamizni nishonga olgan xavfni ko‘rmaslikka olgan ba’zi g‘arb davlatlarining siyosiy sabablar bilan 15 – iyul haqiqatiga e’tiborsiz qolishi o‘z qadriyatiga qarshi kelganini yaqqol o‘rtaga qo‘ymoqda” dedi.

“Turkiya FETT, PKK, DEASh va boshqa barcha terror tashkilotlariga qarshi qarorlilik bilan kurashishni davom ettiradi. Demokratiyasi, erkinligi va mustaqilligini har qanday xavf – xatarga qarshi himoya qiladi” degan Kalin,

“Vatani uchun qahramonlardek o‘z jonini fido qilgan 15 – iyul shahidlarimizni hurmat, minnatdorchilik va rahmat ila yodga olaman. Milliy birlik va birdamligimizning ramziga aylangan 15 – iyul ruhining umr bot, avloddan – avlodga davom etishini tilab qolaman” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar