Bugun Turkiyada “15 iyul – Demokratiya va milliy birdamlik kuni”

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “15 iyul – Demokratiya va milliy birdamlik kuni” munosabati bilan prezidentlik saroyi oldidagi yodgorlik haykaliga gulchambar qo’ydi.

1455210
Bugun Turkiyada “15 iyul – Demokratiya va milliy birdamlik kuni”
15 Temmuz 2020.3.jpeg
15 Temmuz 2020.4.jpeg
TARİHTE BUGÜN_15 TEMMUZ_FETÖ DARBE GİRİŞİMİ

 

 Turkiyada Fathulloh Gulen harakatining davlatni to’ntarishga tashabbusi ortidan mana 4 yil o’tdi.

Turk xalqi bundan 4 yil muqaddam 15 iyul kuni vatan xoinlarining davlatni to’ntarishga tashabbusini bostirdi.

Ushbu kun Turkiyada “Demokratiya va milliy birdamlik kuni” deb qabul qilindi.

Turkiya xalqi bugun 15 iyul voqealariga 4 yil to’lganligi munosabati bilan vatan himoyasi uchun jon bergan shahidlarni xurmat bilan yodga olmoqda.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “15 iyul – Demokratiya va milliy birdamlik kuni” munosabati bilan prezidentlik saroyi oldidagi yodgorlik haykaliga gulchambar qo’ydi.

Shuningdek, Erdo’g’an bugun Turkiya Oliy majlisida 15 iyul shahidlarini xotirlash maqsadida o’tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqan Erdo’g’an: “15 iyul voqealari ushbu zaminda asrlar mobaynida olib borilgan kurash zanjirining eng so’nggi halqasidir”,-dedi.

“Agar kuchlari yetganda edi, Parlamentimizni yer bilan yakson qilishdan ham toymas edilar. Bunga ishoning! Agar kuchlari yetganda edi, avvalo prezident va bosh vazirni hamda barcha vazirlarni qatl etishdan ham toymas edilar. Bunga amin bo’ling!”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Turkiya parlamentida xizmat qilgan barchani buyuk va kuchli Turkiya taraqqiyoti uchun kurashishga chaqirgan Erdo’g’an: “Keling shahidlarimiz omonatini asrab-avaylaylik! Keling 2023 yil uchun o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimiz sari barchamiz birgalikda qadam tashlaylik! Turkiyani yana-da porloq kelajak sari birgalikda yetaklaylik!”,-dedi.

“15 iyul – Demokratiya va milliy birdamlik kuni” munosabati bilan butun mamlakat bo’ylab, barcha vazirliklarda, davlat tashkilotlarida, universitetlarda va ko’plab nodavlat tashkilotlarida tadbirlar bo'lib o'tadi.



Aloqador xabarlar