Ibrohim Kalin:"Ayasofiyaning maqomi haqidagi tanqidlar nohaqlik"

Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin Istanbuldagi Ayasofiyaning muzeydan jome’-masjidga aylantirilganini “tarixiy xato” deb ataganlarga munosabat bildirdi.

1453460
Ibrohim Kalin:"Ayasofiyaning maqomi haqidagi tanqidlar nohaqlik"

 

 

Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin Istanbuldagi Ayasofiyaning muzeydan jome’-masjidga aylantirilganini “tarixiy xato” deb ataganlarga munosabat bildirdi.

Ibrohim Kalin bu haqda BBC va TRT Worldga intervyu berdi.

Ayasofiyani xristianlar, musulmonlar, buddistlar va dini qanday bo’lishidan qat’iy nazar, barcha ziyorat qilishi mumkinligini ta’kidlagan Ibrohim Kalin: “Ayasofiyaning jome’-masjidga aylantirilishida nafaqat muxolifatning balki, butun jamoatchilikning roziligi inobatga olindi”,-dedi.

“Ayasofiyaning muzeydan jome’-masjidga aylantirilganini “Jahon merosi yo’q bo’lmoqda” shaklida tanqid qilganlar nohaqlik qilmoqda. Diniy erkinliklar bo’yicha Turkiyada 400dan ortiq cherkov va sinagoglar xizmat berib kelmoqda”,-deb aytgan Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi.

Uning fikricha, Ayasofiyaning muzeydan jome’-masjidiga aylantirilishi to’g’risidagi qaror Istanbuldagi masjidlarning soni bilan aloqali emas, Ayasofiyaning tarixiy va diniy ahamiyati bilan bog’liq.

“Ayasofiyani har doimgidek musulmonlar, xristianlar va dinga ishongan va ishonmagan barcha ziyorat qilishi mumkin. Bu hech kimga cheklanmaydi”,-deb aytgan Ibrohim Kalin.

Eslatish joizki, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 10 iyulda Ayasofiya maqomining o‘zgartirilishi haqidagi farmonni imzoladi.  Ushbu farmonga binoan,  Ayasofiya 24 iyulda jome’-masjid sifatida ibodatga ochiladi.

Ma’lumki, Ayasofiya 1934 yilda Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning qarori bilan muzey maqomini olgandi. 1985 yilda YuNeSKOning “Jahon merosi” ro‘yxatiga kiritilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #jome'-masjidi , #muzey , #Ayasofiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar