Erdo’g’an:"Ayasofiya maqomini o'zgartirish Turkiyaning shaxsiy masalasidir..."

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Istanbuldagi Ayasofiya maqomining o‘zgartirilishi va uning muzeydan jome’-masjidiga aylantirilishi haqida “Kriter” jurnaliga intervyu berdi.

1453666
Erdo’g’an:"Ayasofiya maqomini o'zgartirish Turkiyaning shaxsiy masalasidir..."

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Istanbuldagi Ayasofiya maqomining o‘zgartirilishi va uning muzeydan jome’-masjidiga aylantirilishi Turkiyaning shaxsiy masalasi ekanligini ma’lum qildi.

Prezident “Kriter” jurnaliga bergan intervyusida ushbu xususga batafsil to’xtalib o’tdi.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, tarixda Fotix Sulton Mehmet Xon tomonidan Istanbul zabt etilgach, Ayasofiya birinchi bor juma namozi o’qilgan maskan hisoblanadi. Istanbul zabt etilishining ramziga aylangan ushbu maskan jome’ga aylantirilgan. Shu sababli Ayasofiyaning jamoatchilikdagi o’rni juda katta ahamiyatga ega.

1934 yilda Ayasofiyaning muzeyga aylantirilishi xalq nazarida achinarli qaror deb mulohaza qilinganligini tilga olgan Erdo’g’an: “Ayasofiyani takror o’z maqomiga qaytarish zarur edi. Oliy sud ham bu xususda qaror qabul qildi. Ayasofiyaning maqomi haqidagi qarorni boshqalari emas, balki turk xalqi beradi. Bu bizning shaxsiy masalamiz. Boshqa davlatlar qarorga xurmat ko’rsatishga majburdirlar”,-dedi.

Liviyadagi siyosiy inqirozga ham to’xtalgan Erdo’g’an isyonchi Haftar va unga homiylik qilganlarning ishg’ol rejasi puchga chiqqanligini ma’lum qildi.

Turkiya bilan Liviya o’rtasidagi kelishuvni eslatgan Erdo’g’an, natijada Turkiya sharqiy O’rta Yer dengizidagi haq-huquqini kafolat ostiga olganligini, ayni vaqtda Liviya hukumatini ham qo’llab-quvvatlaganligini ma’lum qildi.

“Liviyada barqarorlik o’rnatish nafaqat Liviya xalqining, balki butun mintaqa manfaatlariga xizmat qiladi. Liviyaning siyosiy va iqtisodiy jihatdan kuchli bo’lishi Shimoliy Afrika bilan Yevropani xotirjam qiladi. Xalqaro hamjamiyat qonuniy hukumatni qo’llab-quvvatlagan holda bir to’xtamga kelishi zarur. Qolaversa, urush jinoyatiga qo’l urgan isyonchilarni to’xtatishi zarur. Liviyada qon to’kayotgan legionerlar zudlik bilan mamlakat hududlaridan quvib chiqarilishi kerak. Shuningdek, mamlakat hududlarida topilgan ommaviy mozorlar bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atilishi kerak va javobgarlar qonun oldida javob berishi kerak”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 



Aloqador xabarlar