Turkiya Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamlarini o’tkazishga tayyor...

Turkiya Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamlarini o’tkazishda zimmasiga tushgan mas’uliyatni ado etishga tayyorligini ma’lum qildi.

1454069
Turkiya Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamlarini o’tkazishga tayyor...

 

 

Turkiya Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamlarini o’tkazishda zimmasiga tushgan mas’uliyatni ado etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida Rossiya Suriyaga transchegaraviy gumanitar yordam yetkazish to’g’risidagi rezolyutsiyani veto qilganligi eslatildi. Shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashi beshinchi urinishda Turkiya orqali Suriyaga insonparvarlik yordamlarining transchegaraviy mexanizmi bo’yicha rezolyutsiyani yana bir yilga uzaytirishga kelishib olganligi qayd etildi.

Endilikda yangi qarorga ko‘ra, Suriyaga insonparvarlik yordamlari faqatgina bir punkt Turkiya bilan chegaradosh “Bob-al-Havo” orqali yetkaziladi. 

Ma’lumki, Suriya va Turkiya chegarasidagi “Bob-as-Salom”, Iroq va Suriya chegarasidagi “Al-Yorubiya” va Iordaniya va Suriya chegarasidagi “Al-Ramta” punktlari ushbu mexanizmdan chiqarilgan.

“Suriyaga insonparvarlik yordamlarining transchegaraviy mexanizmining eng muhim yo’nalishini tashkil qilgan Suriya-Turkiya chegarasidagi “Bob-as-Salom” punktiga ruxsat berilmaganligi katta xatodir”,-deyiladi bayonotda.

Bayonotga ko’ra, “Bob-as-Salom” punktining yopilishi Halab viloyatidagi taxminan 1.3 mln aholiga insonparvarlik yordamining yetkazilishida qiyinchilik tug’diradi va Turkiyaning zimmasidagi yukni yana-da og’irlashtiradi.

“Turkiya Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamlarini to’xtovsiz yetkazish yo’lida sa’y-harakatlarini davom ettiradi. Umid qilamizki, so’nggi o’zgarishlardan kelib chiqadigan qiyinchiliklarni yengib o’tish uchun BMT va boshqa tashkilotlar hamkorlikda faoliyat olib boradi”,-deb ilova qilinadi bayonotda.



Aloqador xabarlar