Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho'g’li Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi

Mavlud Chavusho'g’li tashrif chog’ida Birlashgan qirollik parlamenti Turkiya guruhi rahbari Jeffrey Donaldsonni qabul qildi.

1451678
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho'g’li Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho'g’li amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga yetib bordi.

Mavlud Chavusho'g’li tashrif chog’ida Birlashgan qirollik parlamenti Turkiya guruhi rahbari Jeffrey Donaldsonni qabul qildi.

So’ngra, Britaniya tashqi ishlar vazirligi qarorgohida Mavlud Chavusho'g’li bilan Britaniya TIV rahbari Dominik Raab o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Vazirlarning taxminan ikki soat davom etgan uchrashuvida, Brexit jarayonidan keyin Turkiya-Britaniyaning ikki tomonlama munosabatlari, shuningdek turizm sohasi bo’yicha olib borilayotgan hamkorlik faoliyatlari hamda ikki davlat iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ahamiyatga molik dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko’zdan kechirildi.

Mavlud Chavusho'g’li Buyuk Britaniyaning Yevropadan mas’ul vaziri Vendy Morton bilan ham uchrashuv o'tkazdi.

 



Aloqador xabarlar