Hulusiy Akar bilan Yashar Gulerning Liviya tashrifi davom etmoqda

Hulusiy Akar general Guler bilan Xavfsizlik va harbiy hamkorlik o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilgan faoliyatlarni o‘z o‘rnida tekshirib chiqish uchun Liviya poytaxti Tripolidagi uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

1448992
Hulusiy Akar bilan Yashar Gulerning Liviya tashrifi davom etmoqda

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, turk dengiz flotining fransuz harbiy kemasini bezovta qilganligi haqidagi iddiolarning butunlay yolg‘on ekanligini qayd etdi.  

Hulusiy Akar general Guler bilan Xavfsizlik va harbiy hamkorlik o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilgan faoliyatlarni o‘z o‘rnida tekshirib chiqish uchun Liviya poytaxti Tripolidagi uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Liviyadagi turk askarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan Akar, Turkiya bilan Liviya o‘rtasida 500 yil qadimga tayangan mushtarak tarix, madaniyat, tushuncha va ishonch borligiga e’tibor qaratgan holda,

“Bu yerda jiddiy muammo, nohaqlik, adolatsizlik bor edi. Shunday ekan bu yerda otalarimizga munosib tarzda burchimizni xalqaro huquq va adolat talabiga loyiq ravishda o‘tashni davom ettiramiz. Liviyalik qardoshlarimiz bilan birgamiz. Bundan hech kim shubhalanmasin. Voz kechish niyatimiz ham yo‘q.” dedi.

Hulusiy Akar bilan general Yashar Guler ortidan O‘rta yer dengizining Liviya sohilida xizmat qilgan F – 491 harbiy kemasiga uchradi.

U yerda, “Turk dengiz flotining fransuz harbiy kemasini bezovta qilganligi haqidagi iddiolarga to‘xtalgan Akar, buning butunlay yolg‘on ekanligini qayd etdi.  

Bu haqida Turkiyaning haqli ekanligini isbot qilgan ma’lumot va hujjatlarning ittifoqdosh va NATO qarorgohidagi harbiy va harbiy bo‘lmagan rasmiylar bilan bo‘lishilganini eslatib o‘tgan Akar, Fransiyaning esa o‘z iddiolarini isbotlaguvchi hech nima taqdim etmaganligiga e’tibor qaratdi.

Akar,

“Bu voqealardan keyin qo‘l urilganlarning harbiy emas siyosiy bir necha hisoblar ortidagi hiyla ekanligini, shu bois ham Fransiyaning Turkiyadan kechirim so‘rashga majburligini ifoda etyapmiz” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusiy Akar , #Yashar Guler , #Liviya

Aloqador xabarlar