Chavusho’g’lu, Fransiya avvalo durust bo’lsin undan keyin Turkiyani tanqid qilsin.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu, NATO ittifoqchisi Fransiya Rossiyaning Liviyadagi ishtirokini oshirish uchun harakat qilayotganini bildirdi.

1446333
Chavusho’g’lu, Fransiya avvalo durust bo’lsin undan keyin Turkiyani tanqid qilsin.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu, NATO ittifoqchisi Fransiya Rossiyaning Liviyadagi ishtirokini oshirish uchun harakat qilayotganini bildirdi.

Chavusho’g'lu, poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Vengriya tashqi va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto bilan mushtarak matbuot anjumani o'tkazdi.

Liviyadagi o'zgarishlar haqida  bir savolga javob bergan Chavusho’g'lu, jarayon boshlanganidan beri Turkiya  Liviyada tinchlik o'rnatilishiga yordam berganligini ta'kidlab,

"Biz siyosiy jarayonga eng ko'p hissa qo'shgan  mamlakatmiz" dedi u.

Chavusho’g'lu, "Biz qonuniy boshqaruv bilan hamkorlik qilamiz" deya ifodaladi

"Dunyo biladi, bu hamkorlik tufayli biz muvozanatga erishdik va urush Tripolidagi ko'cha urushiga qaytishining oldini oldik", dedi u.

 Turkiyani tanqid qilgan Fransiya "qaroqchilar  hokimiyatini"  ya’ni Hafterni qo'llab-quvvatlaganini qayd etgan Chavusho’g'luning so'zlarini quyidagicha davom ettirdi:

"Fransiya durust  ishlayaptimi? Yo'q. U Hafterga  qurol bermaganini yoki  qo'llab-quvvatlamasligini aytayaptimi? Ammo hamma  haqiqatlar juda  aniq, xabarlar aniq. Abu Dabi (qurol) pul beradi, ammo Fransiya ham buni beradi. NATO Rossiyani tahdid deb biladi. Ammo Fransiya Rossiyaning"  nufuzini oshir uchun harakat qilmoqda. Fransiyaning  tushunchasi  faqat o'z manfaatlarini himoya qilish. Asos tanqid qilinishi kerak  bo’lgan Turkiya emas Fransiya va Makronning munosabatidir . Birinchidan, ular  durust va   oshkora bo'lsinlar keyin Turkiyani tanqid qilsinlar . Turkiyani bu shaklda tanqid qilishi ichki siyosatiga   va o’ziga hech foydasi  yo’q. Umid qilaman bundan  pand olsinlar.

 

 



Aloqador xabarlar