Turkiya Iroqqa yordam qo'lini uzatmoqda

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusi bilan COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda ko'maklashish maqsadida Iroqqa tibbiy mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordami yuborilmoqda.

1445888
Turkiya Iroqqa yordam qo'lini uzatmoqda

 

Turkiya Iroqqa insonparvarlik yordami yubormoqda.

Turkiyaning Iroqdagi favqulodda va muhtor elchisi Fotih Yildiz COVID-19 pandemiyasi Iroqqa salbiy ta’sir ko’rsatganligini ma’lum qildi.

“Mamlakatda koronavirusning tarqalish darajasi kundan kunga ortib bormoqda. Salomatlik tizimi bunga tayyor emas. Shifoxonalar xalqqa xizmat berishga nochor. Tibbiy vositalar bo’yicha yetishmovchilik bor”,-deb aytgan Turkiya elchisi.

Fotih Yildiz mamlakatda tobora og’irlashib borayotgan vaziyat tufayli iroqlik vakillar Turkiya bilan aloqa o’rnatib, yordam so’rab iltimos qilganligini ma’lum qildi.

“Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo’g’an doimo qo’shni davlat Iroqqa qiyin kunida yordam berishimiz kerakligini ta’kidlab keladi. Ushbu murakkab kunlarda Iroq sog’liqni saqlash vazirligining ehtiyojlarini inobatga olib, Kut viloyati va turkmanlar gavjum yashaydigan Karkuk va Mo’sulga insonparvarlik yordami yuborishga buyruq berdi”,-dedi Turkiyaning Iroqdagi favqulodda va muhtor elchisi Fotih Yildiz.

Ta’kidlash joizki, Iroqda COVID-19 pandemiyasining tarqalish darajasi oxirgi kunlarda katta xavotirga sabab bo’lmoqda. Shu kungacha mamlakatda 1839 bemor virusdan vafot etdi. Koronavirus bilan kasallanganlar soni 47 151 nafarni tashkil qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #insonparvarlik yordami , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar