Hakkaridagi 3 terrorist yo‘q qilinar ekan Mardindagi terrorist tiriklayin qo‘lga tushirildi

Turkiyada terrorga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda.

1444430
Hakkaridagi 3 terrorist yo‘q qilinar ekan Mardindagi terrorist tiriklayin qo‘lga tushirildi

Turkiyaning Hakkari viloyat markaziga qarashli Kavakli qishlog‘ida politsiya va jandarmeriya xodimlarining hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan, havodan qo‘llab – quvvatlangan amaliyotda PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida Hakkarining Kavakli qishlog‘ida, viloyat xavfsizlik yetakchiligi bilan jandarmeriya qo‘mondonligi tomonidan birgalikda olib borilgan va havodan qo‘llab – quvvatlangan amaliyotda, 3 terrorist qurollari bilan yo‘q qilindi. Mintaqada amaliyot davom etmoqda” degan ifodalarga o‘rin berildi.

Vazirlik o‘z bayonotida shuningdek, Mardinning Derik tumanida uyushtirilgan amaliyotda 1 terroristning tiriklayin qo‘lga tushirilganini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Hakkari , #Mardin , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar