Turkiya bilan AQSh o'rtasidagi aviaqatnovlar tiklandi

COVID-19 pandemiyasi tufayli 3 oylik tanaffuzdan so’ng, Turk Havo Yo’llarining Chikago va Vashingtondan parvoz qilgan tarifli yo’lovchi samolyotlari bugun tongda Istanbulga qo'ndi.

1440255
Turkiya bilan AQSh o'rtasidagi aviaqatnovlar tiklandi

 

Global xatar - COVID-19 pandemiyasi sababli to’xtatilgan xalqaro aviaqatnovlar asta sekinlik bilan qayta tiklana boshladi.

Turkiya ham 15 iyundan xalqaro aviaqatnovlarni qisman tiklay boshladi.

Turk Havo Yo’llari milliy aviakampaniyasining AQShdan parvoz qilgan dastlabki tarifli reysi Istanbulga qo’ndi.

COVID-19 pandemiyasi tufayli 3 oylik tanaffuzdan so’ng, Turk Havo Yo’llarining Chikago va Vashingtondan parvoz qilgan tarifli yo’lovchi samolyotlari bugun tongda Istanbulga yetib keldi.

Dastlab, Turk Havo Yo’llarining Chikagodan parvoz qilgan TK6 tarifli “Boeing 787-9” samolyoti bugun, 21 iyunda Turkiya vaqti bilan soat 08:30da Istanbul xalqaro aeroportiga qo’ndi. Mazkur reysda 276 nafar yo’lovchi keldi.

So’ngra, Turkiya vaqti bilan soat 09:15da TK8 tarifli Vashington reysi 279 nafar yo’lovchisi bilan Istanbul xalqaro aeroportiga qo’ndi.

Yo’lovchilar aeroport terminalida maxsus tibbiy tekshiruvdan o’tkazildi.


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #Boeing 787-9 , #AQSh , #THY , #Turkiya

Aloqador xabarlar