Sergey Lavrovning Turkiyaga tashrifi keyinga qoldirildi

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li bugun 14-iyunda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

1435644
Sergey Lavrovning Turkiyaga tashrifi keyinga qoldirildi

 

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Turkiyaga tashrifi bekor qilindi.

Chunki, Istanbulda o’tkazilishi rejalangan vazirlar darajasidagi Turkiya-Rossiya muzokaralari keyinga qoldirildi. Muzokaralarning nima sababdan keyinga qoldirilgani ma’lum qilinmadi.

Shu sababli bugun Istanbulda ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining o’zaro uchrashuvi ham qoldirildi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li bugun 14-iyunda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining o’rinbosarlari ishtirokidagi muzokaralar kelgusida davom etishiga kelishib olindi.

Vazirlar darajasidagi muzokaralarning esa, qachon o’tkazilishi ma’lum qilinmadi.

Eslatma: Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Mudofaa vaziri Sergey Sho’yguning bugun 14-iyun kuni Turkiyaga tashrifi kutilayotgandi.



Aloqador xabarlar