Erdo'g'an 12-Xalqaro Islom iqtisodiyoti va finans konferensiyasida ma'ruza qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an normal hayotga qaytish jarayonida mamlakatda ishlab chiqarish, savdo va turizm takror jonlana boshlaganligini ma’lum qildi.

1435694
Erdo'g'an 12-Xalqaro Islom iqtisodiyoti va finans konferensiyasida ma'ruza qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an normal hayotga qaytish jarayonida mamlakatda ishlab chiqarish, savdo va turizm takror jonlana boshlaganligini ma’lum qildi.

Erdo’g’an bu so’zlarni "12-Xalqaro Islom iqtisodiyoti va finans konferensiyasi"dagi ma’ruzasida tilga oldi.

Turkiya pandemiya davrini juda oz zarar bilan oshib o’tganligini tilga olgan Erdo’g’an: “Pandemiya davrida iqtisodiy jihatdan badavlat bo’lgan davlatlar hatto o’z xalqiga tibbiy niqob yetkazishga ham ojizlik qildi. Eng oddiy salomatlik xizmatini ham bera olmaganligini guvohi bo’ldik. Biz esa, nafaqat o’z xalqimizni bepul salomatlik xizmati bilan ta’minladik, balki dunyoning 125 davlatiga tibbiy mahsulot jihatidan yordam berdik”,-dedi.

“2020 yilning dastlabki choragida o’sish ko’rsatgichi 4.5 foizni tashkil qildi. Bu jarayonda Turkiya nafaqat salomatlik sohasida, balki iqtisodiyot va boshqa sohalarda rivojlangan davlatlardan ham katta salohiyatlarga ega ekanligini ko’rsatdi. Normal hayotga qaytish bilan birga ishlab chiqarish, sanoat, savdo va turizm sohasi takror jonlana boshladi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

“Ob’yektiv va ishonarliligini yo’qotgan kredit darajalantirish tashkilotining taxminlarini nazarga olmaymiz. Islom iqtisodiyoti inqirozdan chiqishning kafolatidir”,-deb qo’shimcha qilgan Erdo’g’an.

Erdo’g’an: “Qit’alar va madaniyatlar chorrahasida joylashgan Istanbulni islomiy finans va iqtisodiyot markazi darajasiga ko’tarishni maqsad qilyabmiz”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar