Kalin: “Liviyadagi muammo harbiy emas siyosiy yo‘llardan hal qilinishi kerak.”

Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Liviyadagi muammoning harbiy emas siyosiy yo‘llardan hal qilinishi kerakligini qayd etdi.

1435181
Kalin: “Liviyadagi muammo harbiy emas siyosiy yo‘llardan hal qilinishi kerak.”

Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Liviyadagi muammoning harbiy emas siyosiy yo‘llardan hal qilinishi kerakligini qayd etdi.

Germaniya poytaxti Berlinda bo‘lgan Ibrahim Kalin jurnalistlarga bergan intervyusida Liviya masalasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti yetakchiligida Berlinda avval bir konferentsiya o‘tkazilganini lekin noqonuniy qurolli kuchlar lideri Hafterning avvalgi kelishuvlarda bo‘lganidek bu yerdagi kelishuvni ham paymol qilganini yodga soldi.  

Hafterning “Suxayrot shartnomasi” degan nom bilan tanilgan Liviya siyosiy shartnomasini tan olmagani va Liviyaning yagona egasi sifatida “o‘zini o‘zi e’lon qilganini” eslatib o‘tgan Kalin, Hafterning shu kunlarda harbiylarga, harbiy maktablarga va boshqa nuqtalarga qarshi hujum uyushtirishni davom ettirganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Ibrahim Kalin shuningdek, Milliy kelishuv hukumatining oxirgi vaqtlarda takror muvaffaqiyatga erishganini aytish mumkinligini belgilab o‘tgan holda,

Lekin muammoning harbiy emas, siyosiy yo‘llardan hal qilinishi kerakligini, Turkiyaning ham shu yo‘lni qo’llab – quvvatlashini qayd etdi.

Kalin, Turkiyaning, BMT ham tan olgan qonuniy hukumatni qo‘llab – quvvatlashni davom etishini ta’kidladi.

Liviyadagi barqarorsizlikning Afrikaning shimoliga, u yerdan esa Yevropaning janubiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini eslatib o‘tgan Ibrahim Kalin,

“Shu bois ham tinchlik va barqarorlikning ta’minlanishi uchun urushning to‘xtatilishi, Turkiyaning ham manfaatidir. Liviya xalqining manfaatidir. Butun mintaqa xalqlarining manfaatidir” degan ifodalarga o‘rin berdi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ibrahim Kalin , #Liviya , #Hafter

Aloqador xabarlar