Turkiyaga qaytayotgan fuqarolarning 14 kunlik izolyatsiya qoidasi bekor qilindi

Chet elda yashagan va dam olish kunlarini ona vatanlarida o‘tkazmoqchi bo‘lgan fuqarolardan talab qilingan 14 kun uyda o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish qoidasi bekor qilindi.

1434095
Turkiyaga qaytayotgan fuqarolarning 14 kunlik izolyatsiya qoidasi bekor qilindi

Chet eldagi turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchisi (YTB) Abdullah Eren, chet elda yashagan va dam olish kunlarini ona vatanlarida o‘tkazmoqchi bo‘lgan fuqarolardan talab qilingan 14 kun uyda o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish qoidasining bekor qilinganini ma’lum qildi.

Jamiyat tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra butun dunyoni qurshab olgan yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi doirasida, chegara darvozalari va chet eldan Turkiyaga kelgan fuqarolar uchun yo‘lga qo‘yilgan tig‘iz chora va tadbirlar, oddiy hayot sharoitiga qaytish istagi doirasida bekor qilina boshladi.

Shu doirada har yili yoz oylarida Yevropa davlatlaridan avtomobil yo‘li orqali Turkiyaga kelgan chet eldagi turklar foydalangan tranzit o‘tishlar ochilar ekan, fuqarolarning dam olish vaqtlari va sayohatlarini bemalol o‘tkaza olishlari uchun bir qator faoliyatlar ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bayonotda ko‘z qarashlariga o‘rin berilgan jamiyat yetakchisi Abdullah Eren, yoz oylarida mamlakat yo‘liga tushgan fuqarolarning Turkiyaga kelib ketishlaridagi ehtiyojlarini qoplash va yana – da qulay sayohat qila olishlari uchun jamiyat tomonidan boshlatilgan vatanga qaytish yo‘li degan ma’nodagi “Sıla yolu” loyihasining bu yil ham takror yo‘lga qo‘yilishini belgilab o‘tgan holda,

“Bu yilgi yoz mavsumida Turkiyaga kelmoqchi bo‘lgan chet eldagi fuqarolarimiz uchun ruxsat muddatlarini cheklamagan holda qoidalar yo‘lga qo‘yilishi haqida aytgandik. Bu hafta Kapikuledagi mavjud qoidalarni ham ko‘rib chiqdik. Shu doirada 14 kun o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish jarayoni bekor qilindi. Bu yil ham jamoat yetakchiligi sifatida vatan yo‘liga tushgan fuqarolarimizning yonida bo‘lamiz” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar