Erdo’g’an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muloqot qildi

Tramp va Erdo’g’an koronavirus pandemiyasi tarqalishining oqibatlariga qarshi kurash boʻyicha yaqindan hamkorlikni davom ettirish, qolaversa Turkiya va AQSh iqtisodiyotini takror jonlantirish uchun saʼy-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldi.

1432141
Erdo’g’an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muloqot qildi

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 8-iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, davlat rahbarlari suhbat chog’ida ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalarni ko’rib chiqdi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan Liviyadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.

Prezident Erdo’g’an suhbat chog’ida Trampga AQShda ro’y berayotgan hodisalar ortida turgan kuchlar Suriya shimolida faoliyat ko’rsatayotgan (PKK/PYD va YPG) terror tashkilotlari bilan hamkorlik qilishidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

Ikki yetakchi Turkiyaga dengiz osha chegaradosh bo’lgan Liviya davlatida tinchlik va barqarorlik o’rnatish bo’yicha yaqindan hamkorlikka kelishib oldi.

Oq uy mulozimlarining yozma bayonotiga ko’ra, prezidentlar Tramp va Erdo’g’an koronavirus pandemiyasi tarqalishining oqibatlariga qarshi kurash boʻyicha yaqindan hamkorlikni va hukumatlararo almashinuvlarni davom ettirish zarurligi, qolaversa Turkiya va AQSh iqtisodiyotini takror jonlantirish uchun saʼy-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldi.

“Erdo’g’an va Tramp Suriya, Liviya va Sharqiy O’rta Yer dengizi bilan bog’liq mavjud vaziyatni muhokama qildi”,-deyiladi Oq uy bayonotida.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar