Ertaga Kanadadagi Turkiya fuqarolari evakuatsiya qilinadi

8 iyun dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:50da THY tomonidan Toronto-Istanbul charter reysi (TK6882) amalga oshiriladi. Ushbu reysdan faqatgina Turkiya Respublikasi fuqarolari foydalana oladi.

1430988
Ertaga Kanadadagi Turkiya fuqarolari evakuatsiya qilinadi

 

Turk Havo Yo’llari milliy aviakampaniyasi ertaga maxsus charter reysda Kanadadagi Turkiya fuqarolarini evakuatsiya qiladi.

Bu haqda Turkiyaning Torontodagi konsullik idorasi ma’lum qildi.

“Fuqarolarimizning talablariga binoan, 8 iyun dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:50da Turk Havo Yo’llari tomonidan Toronto-Istanbul charter reysi (TK6882) amalga oshiriladi. Ushbu reysdan faqatgina Turkiya Respublikasi fuqarolari hamda Turkiyada yashash uchun ruhsatnomaga ega bo’lganlar foydalana oladi”,-deyiladi ma’lumotda.

Shuningdek, fuqarolar parvoz oldidan koronavirusga qarshi test qilinadi. Virus yuqtirib olganligi aniqlangan fuqarolar esa, samolyotga olinmaydi. Yo’lovchilar Turkiyada 14 kunlik karantinga olinadi.

Eslatish joizki, Turk Havo Yo’llari dastlab 8 aprelda, 22 aprelda va oxirgi marta 4 iyunda Kanadadagi Turkiya fuqarolarini charter reyslar vositasida evakuatsiya qilgandi. Ushbu reyslarda Turkiyaga jami 833 nafar fuqaro va 15 nafar yosh bola mamlakatga olib kelindi.

 



Aloqador xabarlar