Yo‘ldan qaytarilgan 100 muhojir qutqarildi

Yunon sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan yo‘ldan qaytarilgan muhojirlar, Turk sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan qutqarildi.

1430615
Yo‘ldan qaytarilgan 100 muhojir qutqarildi

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatiga qarashli Ayvajik tumanidagi dengiz qirgogidan uzoq nuqtada yunon sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 100 nafar muhojir qutqarildi.

Yunonistonning Lesbos oroliga o‘tmoqchi bo‘lgan guruh Ayvajik sohilidan yo‘lga chiqdi.

Puflangan qayiq orqali yo‘lga chiqqanida yunon sohil xavfsizlik guruhi tomonidan aniqlangan va turli davlat fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘lgan 100 kishi, Turk hududiy suvlariga qaytarilganligi bois yordam so‘radi.

Mintaqaga harakat qilgan Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi unsurlari, qutqargan muhojirlarni quriqlikka olib chiqdi.

Kuchukkuyu shaharchasidagi sohil xavfsizlik bo‘limiga olib kelingan, ular orasida ayololar va bolalar ham bor muhojirlar oziq – ovqat va kiyim – kechak bilan ta’minlandi.

 



Aloqador xabarlar