Yo‘ldan qaytarilganligi bois yordam so‘ragan muhojirlar qutqarildi

Yunon sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 50 nafar muhojir qutqarildi.

1430239
Yo‘ldan qaytarilganligi bois yordam so‘ragan muhojirlar qutqarildi

Turkiyaning Chanoqqal’a (Çanakkale) viloyatiga qarashli Ayvajik tumanidagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada yunon sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 50 nafar muhojir qutqarildi.

Yunonistonning Lesbos oroliga o‘tmoqchi bo‘lgan guruh Ayvajik sohilidan yo‘lga chiqdi.

Puflangan qayiq orqali yo‘lga chiqqanida yunon sohil xavfsizlik guruhi tomonidan aniqlangan va turli davlat fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘lgan 50 kishi, Turk hududiy suvlariga qaytarilganligi bois yordam so‘radi.

Mintaqaga harakat qilgan Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi unsurlari, Bahramqal’a (Behramkale) qishlog‘i qirg‘og‘idan uzoq nuqtada qutqargan 50 kishini quriqlikka olib chiqdi.

Kuchukkuyu shaharchasidagi sohil xavfsizlik bo‘limiga olib kelingan, ular orasida ayololar va bolalar ham bor muhojirlar oziq – ovqat va kiyim – kechak bilan ta’minlandi.



Aloqador xabarlar