Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvida masjidga sodir etilgan hujumni qoraladi

"Janubiy Kipr Rum boshqaruviga qarashli Limasol shahridagi "Ko'prulu Xoji Ibrohim Og'a" masjidiga yonuvchi modda bilan hujum sodir etilganini qoralaymiz",-deyiladi bayonotda.

1427831
Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvida masjidga sodir etilgan hujumni qoraladi

 

Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvida bir masjidga sodir etilgan hujumni qoraladi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bu haqda yozma bayonot berdi.

"Janubiy Kipr Rum boshqaruviga qarashli Limasol shahridagi "Ko'prulu Xoji Ibrohim Og'a" masjidiga yonuvchi modda bilan hujum sodir etilganini qoralaymiz",-deyiladi bayonotda.

"Ibodat erkinligi va muqaddas maskanlarni qo'riqlash mas'uliyati doirasida Rum boshqaruvini darhol kerakli chorani ko'rishga chaqiramiz. Islomga qarshi namoyishlar Kipr masalasiga yechim topish yo'lidagi s'ay-harakatlarga putur yetkazishi oshkordir. Bunday hujumlar nafaqat musulmonlarga, balki butun insoniyatga tahdid solishini unutmaslik kerak",-deb ilova qilinadi bayonotda.

Shuningdek, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay ham voqeaga munosabat bildirdi.

"Kipr Rum boshqaruviga qarashli Limasol shahrida joylashgan masjidga hujumni qoralayman. Rum boshqaruvini bu kabi hujumlarga qat'iyan chora ko'rishga chaqiraman. Aybdorlarni qo'lga olib, kerakli jazoga tortilishini talab qilaman. Turkiya sifatida har qanday shiddat va zo'ravonlikka qarshi chiqamiz",-deb yozadi Fuat O'ktay tvitterdagi sahifasida.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Din ishlari boshqarmasidan olingan ma'lumotga ko'ra, Limasolda joylashgan "Ko'prulu Xoji Ibrohim Og'a" masjidiga kecha tunda 3 marta yonuvchi modda bilan hujum qilingan va masjid devorlariga sprey bilan islomga qarshi haqoratomuz ifodalar yozib ketilgan.

 

 



Aloqador xabarlar