Istanbulning fath etilishining 567-yilligida Ayasofiyada, “Fath” surasi tilovat qilindi

Istanbulning fath etilishining 567 – yilligi munosabati bilan Ayasofiyada kecha Fathlar bayram dasturi uyushtirildi.

1426214
Istanbulning fath etilishining 567-yilligida Ayasofiyada, “Fath” surasi tilovat qilindi

Istanbulning fath etilishining 567 – yilligi munosabati bilan Ayasofiyada kecha Fathlar bayram dasturi uyushtirildi.

O‘smoniy imperatorligining yettinchi podishohi Fotih Sulton Mehmet, 1453 – yili fath etganidan keyin birinchi juma namozini o‘qigan Ayasofiyada uyushtirilgan “Fathlar bayrami” dasturida “Fath” surasi o‘qildi.  

Dastur, Fotih Sulton Mehmetning Istanbulni fath etar chog‘ida kemalarni quriqlikdan yuritgan yo‘nalishlardan o‘tib Ayasofiyaga yetib borgan drone orqali tasvirga olingan qaydlarning namoyishi bilan boshladi.

Mehmet II ning vaqti – vaqti bilan 54 kun davom etgan qurshovi ortidan 1453 – yilning 29 – may haftaning seshanba kuni amalga oshgan fathdan keyin birinchi juma namozini o‘qigan, fathning ramzi bo‘lgan Ayasofiyaning ichida “Fath” surasi tilovat qilindi.

Dasturda, “Fath” duosi ham o‘qildi. Duoga Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ham hamrohlik qildi.

Videomuloqat yo‘li orqali yurttoshlariga xitob etgan Prezident Erdo‘g‘an, fathning vayron qilish emas, tiklashning; yo‘q qilish va zulmning emas adolatning; zillatning emas yaxshi xislatlarning; nafratning emas sevgining ramzi ekanligini qayd etdi.

Erdo‘g‘anning ushbu xitobi ortidan Ayasofiyaning oldida o‘rnatilgan platformada Istanbulning fathi deb nomlangan mapping namoyish etildi.  

Fath bayrami, tarixiy yarim oroldagi salyut otish bilan yakun topdi.

Dastur Prezidentlik apparati va Aloqalar bo‘limi YouTube kanallari orqali ijtimoiy tarmoqlar va telekanallarda jonli olaroq namoyish etildi.



Aloqador xabarlar