Turkiya bilan Rossiya Covid - 19ga qarshi birgalikda vaktsina ishlab chiqarmoqchi

Turkiya bilan Rossiya yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi birgalikda vaktsina ishlab chiqarmoqchi.

1422347
Turkiya bilan Rossiya Covid - 19ga qarshi birgalikda vaktsina ishlab chiqarmoqchi

Turkiya bilan Rossiya yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi vaktsinalarni ishlab chiqish uchun mushtarak faoliyat olib borish masalasi ustidan maslahatlasha boshladi.

Rossiya Iste’molchilar huquqlarini va inson sihat - salomatligini himoya qilish bo‘yicha nazorat idorasi (Rospotrebnadzor) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Turkiya Sog‘likni saqlash vaziri o‘rinbosari Emine Alp Meshe bilan Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova, videomuloqat orqali Covid – 19 pandemiyasiga qarshi kurash, vaktsina va dori ishlab chiqarilishi masalasida uchrashuv o‘tkazgan.

Unda Rossiya va Turkiyadagi mavjud pandemiya masalasi qo‘lga olinib, Covid – 19 ga qarshi vaktsina ishlab chiqarish faoliyatlari, davolash va pandemiyaga qarshi ko‘rilgan choralarning natijalari va vaqtinchalik ularni yengillashtirish hollari muzokara qilingan.

Muloqat haqidagi bayonotda, Turkiya va Rossiyaning vaktsina ishlab chiqarish borasidagi faoliyatlarining ham qo‘lga olingani qayd etilgan holda,

“Turk tomoni Covid – 19 vaktsinasini ishlab chiqarish masalasida birgalikda faoliyat olib borishga tayyor ekanligini ta‘kidladi. Shu bilan birga rus va turk olimlar bilan mutaxassislar ortasida bu bo‘yicha ma’lumot almashilishi uchun kelishib olindi” degan ifodalarga o‘rin berildi.  

 



Aloqador xabarlar