Prezident Erdo‘g‘an, “Istanbul xalqaro tibbiy markazga aylandi.”

Prezident Erdo‘g‘an, Istanbulning Bashakshexir tumanida qurilish ishlari tamomlangan shahar kasalxonasining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

1421238
Prezident Erdo‘g‘an, “Istanbul xalqaro tibbiy markazga aylandi.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, sog‘likni saqlash tarmog‘iga kiritgan investitsiyalari orqali Istanbulning xalqaro tibbiy markazga aylanganini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Istanbulning Bashakshexir tumanida qurilish ishlari tamomlangan “Çam ve Sakura” (Qarag‘ay va sakura daraxtlari nomi bilan atalgan) shahar kasalxonasining ochilish marosimida nutq so‘zladi.   

Bugun qadimga borib taqalgan va ko‘p qirrali turk – yapon do‘stligiga yangi halqa ilova etganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“Nafaqat estetik jihatdan balki texnologik infratuzilmasi, tashqi ko‘rinishi, o‘rni, imkonlari va boshqa xususiyatlari jihatidan ham Istanbulga yana bitta ajoyib asar taqdim etdik” dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, sog‘likni saqlash tizimida Istanbulning markaziy nuqtaga ega ekanligimi eslatib o‘tgan holda, ayni vaqtda shaharning xalqaro tibbiy markazga aylanganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Prezident Erdo‘g‘an shuningdek,

“Sog‘likni Saqlash tarmog‘ining qadriga yetilgan shu davrda bu yer tarmoq turizmida Turkiyaning marka asarlaridan biri bo‘ladi” deya gapirdi.

Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi davrida Turkiyaninig dunyoning 80 dan ortiq davlatiga yordam qo‘lini cho‘zganini ifoda etgan Erdo‘g‘an, yordam berish ishlarini davom etishlarini qayd etdi.

Prezident,

“Sog‘likni Saqlash tarmoqlari tizimlari cho‘kib, davlat tartib qoidalari ziyon ko‘rgan bir davrda Turkiya bilan Yaponiya o‘rnak tashkil etadigan muvaffaqiyatga erishmoqda.” dedi.

Ochilish marosimiga videomuloqat orqali ishtirok etgan Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe ham, sog‘lik salomatlik ramzi bo‘lgan qarag‘at va Yaponiyaning ramzi sakura nomi bilan atalgan kasalxonaning Istanbul xalqiga sog‘lik va salomatlik olib kelishini tiladi.



Aloqador xabarlar