Turkish Airlines aviakompaniyasi 10 iyunda xalqaro reyslarni boshlaydi

Ma’lumotga ko’ra, ichki mahalliy reyslar 4 iyunda, xalqaro reyslar esa 10 iyunda boshlanadi. Yo‘lovchilarning samolyot saloniga qo‘l yuki olib kirishi taqiqlanadi.

1421057
Turkish Airlines aviakompaniyasi 10 iyunda xalqaro reyslarni boshlaydi

 

Turkish Airlines aviakompaniyasi koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida to‘xtatilgan xalqaro aviareyslarni 10 iyundan e’tiboran qayta boshlaydi. 

Ma’lumotga ko’ra, ichki mahalliy reyslar 4 iyunda, xalqaro reyslar esa 10 iyunda boshlanadi.

Qarorga binoan, yo‘lovchilarning samolyot saloniga qo‘l yuki olib kirishi taqiqlanadi.

Qo’l yuki uchun mo‘ljallangan 8 kilogramm yuk asosiy bagaj og‘irligiga qo‘shiladi. Salonga faqat qo‘l sumkalarini olib kirishga ruxsat beriladi. 

Eslatma: Turkish Airlines aviakompaniyasi avvalroq, Turkiyada koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida mahalliy va xalqaro parvozlarni to’xtatish qarorini 28 mayga qadar uzaytirganligini ma’lum qilgandi.

 



Aloqador xabarlar