Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Onalar kuni munosabati bilan tabrik yo’lladi

“Yosh avlodni voyaga yetkazishda, uni tarbiyalashda eng katta mas’uliyatni zimmasiga olgan fidokorlik va cheksiz sevgining timsoli, eng qadrli borlig’imiz bo’lgan onajonlarimizni Onalar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!

1414242
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Onalar kuni munosabati bilan tabrik yo’lladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Onalar kuni munosabati bilan tabrik yo’lladi.

“Yosh avlodni voyaga yetkazishda, uni tarbiyalashda eng katta mas’uliyatni zimmasiga olgan fidokorlik va cheksiz sevgining timsoli, eng qadrli borlig’imiz bo’lgan onajonlarimizni Onalar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!

Barchamiz uchun mehr-shafqat bulog’i, xavfsiz boshpana bo’lgan onalarimiz “Jannat onalar oyog’i ostida” ekanligiga ishongan biz farzandlar uchun boshimizning tojidir. Uning haqqini hech qachon to’lay olmaymiz. Onalarimiz kelajak poydevori bo’lgan yosh avlodning tuyg’u va tushunchalari hamda xarakterining shakllanishida muhim ro’l o’ynaydi. Beminnat sevgi, sabr va mehr-shafqat kabi ulug’ xislatlar bilan butun dunyoga o’rnak bo’lmoqdalar.

Farzandlarimiz uchun barcha qiyinchiliklarga bardosh bergan va yo’limizni yoritgan onajonlarimizning istak va talablarini qondirish, bahtli bo’lishlari va ularning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun astoydil mehnat qilamiz. Istiqbolimiz, birdamligimiz memori bo’lgan, har doim hurmatga loyiq bo’lgan onajonlarimizning Onalar kuni qutlug’ bo’lsin! Vafot etgan barcha onalarimizni cheksiz hurmat bilan yodga olaman!”,-dedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an o’z tabrigida.



Aloqador xabarlar