Turk qizil yarim oy jamiyati Indoneziyaga insonparvarlik yordami yubordi

Oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordamlari mamlakatning Sulavesi va Sumatra orollarida yashovchi yordamga muhtoj 2300 oilaga tarqatildi. Ayni vaqtda Sumatra orolida 300 kishiga iftor berildi.

1412762
Turk qizil yarim oy jamiyati Indoneziyaga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turk qizil yarim oy jamiyati Ramazon oyi munosabati bilan Indoneziyaga insonparvarlik yordami yubordi.

Oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordamlari mamlakatning Sulavesi va Sumatra orollarida yashovchi yordamga muhtoj 2300 oilaga tarqatildi.

Ayni vaqtda Sumatra orolida 300 kishiga iftor berildi.

Turk qizil yarim oy jamiyati Sulavesi orolida ro’y bergan zilziladan so’ng yuzaga kelgan gumanitar inqirozni to’xtatish va insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun mintaqa xalqiga yordam berib kelmoqda.

Shu maqsad bilan Turk qizil yarim oy jamiyati mintaqada jami 12 ta insonparvarlik yordam loyihasini rejalashtirdi.

Eslatma: Sulavesi orolida 2018 yil 28 sentyabrida Palu ko’rfazida ro’y bergan 7.5 ball zilzila va ortidan yuzaga kelgan tsunami falokatida 4340 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgandi.

 



Aloqador xabarlar