Afrinda uyushtirilgan hujumni tayyorlagan terrorist qo‘lga tushdi

Kecha Afrinda uyushtirilgan hujumni tayyorlagan terrorist qo‘lga tushdi

1407868
Afrinda uyushtirilgan hujumni tayyorlagan terrorist qo‘lga tushdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Suriyaning Afrin tumanida uyushtirilgan hujumni tayyorlagan terroristning qo‘lga tushganini ma’lum qildi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Suriya xalqiga salom va muhabbatlarini yetkazgan Erdo‘g‘an kecha Afrinda PKK/ YPG terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan qonli hujumni tayyorlagan terroristning qo‘lga tushganini qayd etgan.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan kecha berilgan bayonotda, PKK/ YPG terror tashkilotining Afrin tuman markazida ko‘proq tinch aholi bor Raju ko‘chasida bomba yuklangan yuk tashuvchi mashina orqali hujum uyushtirilib, oqibatida 40 kishining vafot etgani, 47 kishining esa tan jarohati olgani ma’lum qilingandi. Jon berganlardan 11 nafarining yosh bola ekanligi ham ilova etilgan.


Tanlangan kalimalar: #Afrin , #hujum , #terrorist

Aloqador xabarlar