Gulushkenning Turkiyaga olib kelinishi shved matbuotida keng o’rin oldi.

Emrullah Gulushken Turkiyaning Saqlikni saqlash vazirligining tez  yordam samolyoti bilan Turkiyaga olib kelinishi Shvetsiya matbuotida keng o’rin oldi.

1405871
Gulushkenning Turkiyaga olib kelinishi shved matbuotida keng o’rin oldi.

Shvetsiyaning Malmo shahrida yangi turdagi koronavirus(Kovid- 19) testi i jobiy chiqishiga qaramay davolanmasdan uyiga qaytarib yuborilgan 47 yoshdagi Emrullah Gulushken Turkiyaning Saqlikni saqlash vazirligining tez  yordam samolyoti bilan Turkiyaga olib kelinishi Shvetsiya matbuotida keng o’rin oldi.

Shvetsiyaning muhim gazetalaridan Aftonbladet, “ Shvetsiyada muolaja qilinmadi, Turkiyaga tez yordam samolyot bilan olib ketdi” sarlavhali xabarida, bemorning qizlari Leyla va Samira Gulushken ijtimoiy tarmoqdan yordam so’ragani eslatdi.

 Ushbu chaqiriqqa o’zining Tvitter-dagi sahifasida  javob bergan Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko’ja, " Otangiz uchun kasalxonamiz, shifokorlarimiz  tayyor" xabari bilan javob berganligi ta'kidlandi.

Shved davlat televideniyesi SVT bergan xabarida  Shvetsiyada  muolaja qilinmagan Kovid-19 bemori otaning qizlari,  ijtimoiy tarmoq orqali yordam so’rash  talabiga   vazir ko’ja javob berganligini bildirdi.

Xabarda Ko’ja  Gulushkenning qiziga: " otangiz uchun shifoxonamiz va shifokorlarimiz tayyor. Prezidentimiz va butun xalqimizning  otangizga sog’ayib ketsin tilaklarini yetkazaman'' deya bildirdi.

Expressen gazetasi, “ Koronavirus  bemori davolanmagandan keyin Turkiyaga uchib ketdi” sarlavhali xabarida Kovid- 19 bemori bir otaning farzandlari ijtimoiy tarmoqdan tarqatilgan videosi juda  ham ta’sirli bo’ldi deya yozdi.

SVD gazetasi “ Turkiya Strump aeroportidan bemorni oldi sarlavhali xabarida  47-yoshli Kovid -19 bemori bir otaning farzandlarining   ijtimoiy tarmoq sahifasidan yordam  so’rashiga Turkiya tomonidan javob berildi deya yozdi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar