Chavushog’li:"Xorijdagi vatandoshlarimizni yolg’iz tashlab qo’ymadik, qo’ymaymiz ham..."

TIV rahbari Mavlud Chavushog’li xorij davlatlarda turli kasalliklarga chalinib, betob bo’lgan Turkiya fuqarolarining sog'ligi va ularga yaratilgan shart-sharoitlar haqida tvitter orqali ma’lumot berdi.

1405885

“2018 yili xorijda betob bo’lgan 84 nafar, 2019 yili 76 nafar vatandoshimizni tez yordam samolyotida Turkiyaga olib keldik. Mana Emrulloh ukamizni ham Turkiyaga olib keldik. Vatanimizga xush kelibdi. Dunyoning qayerida bo’lishidan qat’iy nazar, vatandoshlarimizni yolg’iz tashlab qo’ymadik, qo’ymaymiz ham”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

Eslatish joizki, Shvetsiyaning Malmo shahrida 47 yoshli Emrulloh Gulushken ismli Turkiya fuqarosi koronavirus bilan kasallanishiga qaramay, davolanmasdan uyiga qaytarib yuborilgandi.  Bundan xavotirlangan qizlari Samira va Laylo ijtimoiy tarmoqlar vositasida Turkiyadan yordam so’rab, iltimos qilgandi.

Turkiya Sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja bu iltimosga darhol javob berib, Samira Gulushken bilan aloqa o’rnatgandi va Emrulloh Gulushkenni 4 farzandi bilan birga Turkiyaga olib kelish uchun maxsus tez yordam samolyotini Shvetsiyaga yuborgandi.

Bemor Emrulloh Gulushken va uning farzandlarini keltirgan tez yordam samolyoti kecha Turkiya vaqti bilan soat 13:00da poytaxt Anqaradagi Esenbog’a aeroportiga qo’ndi.

Ular aeroportda tibbiy tekshiruvlar va chora-tadbirlar ostida tez yordam mashinalarida Anqara shahar shifoxonasiga yotkizildi.

Aloqador xabarlar