Turkiya bugun TBMMga asos solingan kun va bolalar bayramini nishonlaydi

Turkiya yuz yildan beri 23 - aprel kunlari TBMMga asos solingan kun va bolalar bayramini nishonlab kelmoqda.

1403854
Turkiya bugun TBMMga asos solingan kun va bolalar bayramini nishonlaydi

Turkiya yuz yildan beri 23 - aprel kunlari bolalarga atab bayram uyushtirib keladi.

Bu kun 1920 - yilda Turkiya Buyuk Millat Majlisiga asos solingan kunga to‘g‘ri keladi.

Bu yil yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash doirasida ushbu milliy va muqaddas kunga atalgan qo‘shaloq bayram dasturlari qisqartirildi.

Huddi mana shu qisqa bayram dasturi doirasida bugun TBMM raisi Mustafa Shentop avvalom bor poytaxt Anqaradagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyuradi. Tashrif chog‘ida buyuk davlat arbobi Mustafa Kemal Otaturk qabriga gulchambar qo‘yib, u yerdagi marosimda ishtirok etadi.

TBMM raisi Mustafa Shentop ushbu marosim ortidan favquloddagi parlament yig‘ilishiga raislik qiladi. Unda TBMMga asos solinishining 100 - yilligiga bag‘ishlangan marosimni tomosha qiladi.

Yuqorida nomi tilga olingan dasturlarda Vitse – president Fuat O‘ktay, Yoshlar va sport ishlari bo‘yicha vazir Mehmet Muharrem Kasapo‘g‘lu va Jumhuriyat xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro‘g‘lu ham ishtirok etadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bolalar bayrami , #TBMM , #23-aprel

Aloqador xabarlar