Erdo'g'an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muloqot qildi

Ikki yetakchi suhbat chog'ida yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish va iqtisodiy hamkorlik xususida kelishib oldi.

1401210
Erdo'g'an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, ikki yetakchi suhbat chog'ida yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish va iqtisodiy hamkorlik xususida kelishib oldi.

Erdo'g'an va Tramp shuningdek, Turkiya-AQSh o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va dolzarb mintaqaviy masalalar bo'yicha fikr almashdi.

 



Aloqador xabarlar