Hulusi Akar Eron harbiy bosh shtabi rahbari Muhammad Bageriy bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida, koronavirus epidemiyasining keng tarqalishini oldini olish maqsadida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni oshirish, hamda pandemiyaga doir ma’lumot va tajriba almashishga kelishib olindi.

1392967
Hulusi Akar Eron harbiy bosh shtabi rahbari Muhammad Bageriy bilan muloqot qildi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Eron harbiy bosh shtabi rahbari Muhammad Bageriy bilan muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Hulusi Akar suhbat chog’ida dunyoda koronavirus bilan bog’liq ilk holat aniqlanishi bilan darhol infektsiyaning tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar kuchaytirilganligini ma’lum qilgan.

Hulusi Akarning ta’kidlashicha, ushbu sinovli kunlarga qaramay, Turkiya davlatining milliy imkoniyatlari va salohiyatidan foydalanib, mahalliy, milliy texnologiyalarni ishlab chiqish faoliyatlari jadallik bilan davom etganligini bildirdi.

Shuningdek, olinadigan qo’shimcha chora tadbirlarni belgilash va epidemiyaning yanada keng tarqalishini oldini olish maqsadida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni oshirish, hamda pandemiyaga doir ma’lumot va tajriba almashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Akar agar zarurat tug’ilgan taqdirda, Turkiyada ishlab chiqarilgan tibbiy mahsulotlardan do’st davlat Eron xalqiga yordam qatorida yuborishga tayyor ekanligini qo’shimcha qilgan.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Hulusi Akar , #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar