Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish faoliyati o'z samarasini bermoqda

Anqara Universiteti Biotexnologiya Instituti direktori professor Aykut O’zkul (Kovid-19) koronavirusga qarshi serum, vaksina va dori ishlab chiqarishning birinchi bosqichi bo’lmish “SARS-COV-2” virusini izolyatsiya qilishga muvaffaq bo’ldi.

1391914
Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish faoliyati o'z samarasini bermoqda

 

Anqara Universiteti Biotexnologiya Instituti direktori professor Aykut O’zkul yangi turdagi (Kovid-19) koronavirusga qarshi serum, vaksina va dori ishlab chiqarish yo’lidagi ilmiy faoliyatlarning birinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.

Faoliyatlar doirasida “SARS-COV-2 virusi”ni izolyatsiya qilish bo’yicha ijobiy natija olindi.

Bu haqda Anqara Universitetining tvitterdagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Shuningdek, ushbu sahifada professor Aykut O’zkulning ilmiy faoliyatlariga ham o’rin berildi.

“Universitetimiz qoshidagi Biotexnologiya instituti direktori professor Aykut O’zkul (Kovid-19) koronavirusga qarshi serum, vaksina va dori ishlab chiqarishning birinchi bosqichi bo’lmish “SARS-COV-2” virusini izolyatsiya qilishga muvaffaq bo’ldi”,-deyiladi ma’lumotda.

Anqara Universiteti Rektori professor Erkan Ibish tvitterda: “Hamkasblarimni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklayman. Kelgusida yana ham katta muvaffaqiyatlar qo’lga kiritiladi. Men bunga ishonaman”,-deb yozdi.

 Anqara Universitetidagi vaksiya ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy faoliyatlar Biotexnologiya instituti hamda Veterinariya fakulteti qoshidagi Virusologiya laboratoriyalarida olib borildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar