Turkiya koronavirus tufayli Yevropadagi fuqarolarini olib keldi

Turkiya yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) kasalligi tufayli Yevropadagi fuqarolarini mamlakatga olib keldi.

1380374
Turkiya koronavirus tufayli Yevropadagi fuqarolarini olib keldi

Turkiya, Yevropaning 9 ta davlatidan turk fuqarolarini olib kelish ishlarini bugun ertalab mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da tamomladi.

Eslatib o‘tamiz Turkiya yangı turdagi koronavirus (Kovid - 19) tufayli bugun qurbon berdi. Bu borada 1 kishi vafot etdi. Fahrettin Ko‘ja vafot etgan kishining kasallikni xitoylik xizmatkoridan yuqtirib olganini ma’lum qildi.   

Fahrettin Ko‘ja shuningdek, 12 - dekabr kuni Xitoyda paydo bo‘lgan kasallikni 90 kun Turkiyadan uzoq tutishga muvaffaq bo‘lganliklarini lekin oxirgi 1 haftada 98 kishida ushbu kasallik qayd etilganini ifoda etdi.

Sog‘likni saqlash vaziri Fahrettin Ko‘ja shu bois ham xalqni 2.5 oygacha ehtiyot bo‘lishga, sabr qilishga chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Koronavirus

Aloqador xabarlar