Turkiya va Gruziya o'rtasidagi chegara posti koronavirus tufayli yopildi

Bu qaror 15 mart kunidan boshlab, Turkiya vaqti bilan soat 17:00da (Gruziya vaqti bilan soat 18:00da) kuchga kiradi.

1378340
Turkiya va Gruziya o'rtasidagi chegara posti koronavirus tufayli yopildi

 

 

Turkiya va Gruziya bugun, 15 mart kunidan e’tiboran, “Sarp” chegara postini ikki tomonlama yopishga qaror berdi.

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Turkiya va Gruziya koronavirusga qarshi hamkorlikda chora-tadbirlarni kuchaytirish va virusning tarqalishini oldini olish doirasida ikki davlat o’rtasidagi uch nafar chegara postidan biri bo’lgan “Sarp” chegarasini yo’lovchilar uchun yopishga qaror berdi.

Biroq, chegaradan yuk transportlarining o’tishiga ruxsat beriladi. Shuningdek, “Turkgo’zu/Vale” va “Oqtosh/Kartsakhi” chegara postlaridan yo’lovchilarning o’tishi cheklangan holatda amalga oshiriladi.

Bu qaror 15 mart kunidan boshlab, Turkiya vaqti bilan soat 17:00da (Gruziya vaqti bilan soat 18:00da) kuchga kiradi. Bu qaror nafaqat Turkiya va Gruziya fuqarolari uchun, balki boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun ham ayni shaklda qo’llaniladi.



Aloqador xabarlar