Erdo‘g‘an, Michel va Leyen 18-mart kelishuvi kamchiliklarini tamomlash masalasini qo‘lga oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Yevropa ittifoqi Kengashi raisi Charles Michel va YI Komissiyasi raisi Ursula von der Leyen bilan uchrashdi.

1375200

Michelning taklifiga binoan kecha Beligiya poytaxti Bryusselga tashrif uyushtirgan Erdo‘g‘an, YI Komissiyasi raisi Ursula von der Leyen ham ishtirok etgan uch tomonli yig‘ilishda ishtirok etdi.  

YI Kengashi binosidagi ushbu yig‘ilish matbuotga yopiq ravishda bo‘lib o‘tdi.

Unda Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ham ishtirok etdi.

Ursula von der Leyen, yig‘ilish ortidan,

“(Turkiya bilan YI o‘rtasida, muhojirlar masalasida) 18-mart kungi (2015) kelishuv kamchiligini qanday tamomlash masalasini qo‘lga oldik” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Von der Leyen, yunon chegarachilarning munosabati haqida esa,

“Hech qanday haddan tashqari kuch ishlatish holatlari qabul qilinmaydi” dedi.

Yevropa ittifoqi Kengashi raisi Charles Michel esa, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan YI Oliy darajali vakili Joseph Borrellning 18-mart kelishuvi asosida faoliyat olib borganliklarini ma’lum qildi.

Aloqador xabarlar