Lyayyen:"Migratsiya bo’yicha Turkiyaga yordam berish zarur"

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Bryusselda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashib, migratsiya, xavfsizlik va Suriyadagi inqiroz masalalarini muhokama qiladi.

1374804
Lyayyen:"Migratsiya bo’yicha Turkiyaga yordam berish zarur"

 

 

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen migratsiya va xavfsizlik masalalari bo’yicha Turkiya va Gretsiyaga yordam berish zarurligini ma’lum qildi.

Ursula fon der Lyayyen bu haqda Brusselda matbuotga bergan brifingda tilga oldi.

Ursula fon der Lyayyen brifingda Yevropaga qochqinlar va migrantlar oqimiga e’tibor qaratdi.

Uning ta’kidlashicha, Yevrokengash va Yevrokomissiya rahbarlari Sharl Mishel va Ursula fon der Lyayyen Bryusselda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashadi hamda migratsiya, xavfsizlik va Suriyadagi inqiroz masalalarini muhokama qiladi.

Gretsiyadagi qochqinlar lagerlarida sharoit juda ayanchli ahvolda ekanligini tilga olgan Lyayyen, ayniqsa kimsasiz yosh bolalar taqdiridan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

“Bu bolalarga darhol zarur sharoitni yaratib berish o’ta muhim”,-deb aytgan Lyayyen Yevropa davlatlaridan bu masalada yordam talab qildi.

Lyayyen Fransiya, Portugaliya, Lyuksemburg, Finlandiya va Germaniya kimsasiz qochqin bolalarni qabul qilishga rozi bo’lganligini ma’lum qildi.

“Yevroittifoq 2015 yilga nisbatan bu vaziyatga ancha tayyor, biroq yana ham yaxshiroq tayyorlanish zarur”,-deydi u.

Uning ta’kidlashicha, Yevroittifoq aprel oyida migratsiya bo’yicha yangi  shartnomasini e’lon qiladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #migratsiya , #Turkiya , #Yevroittifoq

Aloqador xabarlar