Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bolgariya bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvdan so’ng matbuotga brifing bergan Erdo’g’an Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya o’rtasida ko’ndalang turgan migratsiya masalasiga e’tibor qaratdi.

1370655
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bolgariya bosh vaziri bilan uchrashdi

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so’ng matbuotga brifing bergan Erdo’g’an Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya o’rtasida ko’ndalang turgan migratsiya masalasiga e’tibor qaratdi.

Erdo’g’an brifingda Yevropa Ittifoqining migrantlar uchun bir mlrd evro to’lash taklifini rad etganligini ma’lum qildi.

“Turkiyaning g’ururini oyoq osti qilishga hech kimning haqqi yo’q. Endi pulning keragi yo’q”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

“Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar yetakchilari chegaralarga yetib kelgan migrantlar va qochqinlar oqimini to‘xtatib tura olmaganligi uchun Turkiyani ayblamoqda. Bu qanchalik adolatsizlik. Qani bu yerda majburiyat va mas’uliyat? Buncha yukni faqat biz ko’taramizmi? Biz bugungacha 40 mlrd dollardan ortiq pul sarfladik”,-deb ilova qilgan Erdo’g’an.

Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov hech bir davlat migratsiya inqiroziga bunchalik duch kelmaganligini ma’lum qildi.

“Turkiyaga nima uchun qochqinlar va migrantlar uchun ajratilgan mablag’ to’lanmaganligini tushuna olmadim. Yevropa Ittifoqining asosiy tamoyillaridan biri yukni adolatli taqsimlashdir”,-deb aytgan Bolgariya bosh vaziri.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #migratsiya , #Boyko Borisov , #Bolgariya , #Turkiya

Aloqador xabarlar