Erdo‘g‘an: “Rus hay’ati Idlib masalasini muhokama qilish uchun ertaga Turkiyada bo‘ladi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifi oldidan poytaxtdagi Esenbog‘a aeroportida jurnalistlarga bayonot berdi.

1365785
Erdo‘g‘an: “Rus hay’ati Idlib masalasini muhokama qilish uchun ertaga Turkiyada bo‘ladi”.

Prezident Erdo‘g‘an rus hay’atining ertaga Idlib masalasini muhokama qilish maqsadida Turkiyada bo‘lishini ma’lum qildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifi oldidan poytaxtdagi Esenbog‘a aeroportida jurnalistlarga bayonot berdi.

Idlib va Liviya masalasi ustidan Turkiya - Rossiya o‘rtasida davom etgan jarayonni ta’kidlagan Prezident Erdo‘g‘an,

“Eng avvalo Idlib masalasini hal qilishimiz darkor. Buni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan eng oliy darajada qo‘lga olyapmiz. Tegishli vazirlarimiz va razvedka tashkiloti rahbarimiz ham huddi shu yo‘lda ilgarilamoqda” dedi.

Rossiyaning Suriyada rejim kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotganini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Buni inkor etsalar ham qo‘limizda buni aniqlovchi ma’lumotlar bor” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Fransiya Prezident Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Angela Merkel ishtirok etadigan to‘rtli sammitga ham to‘xtalgan Erdo‘g‘an,

“Rossiyadan ertaga Turkiyaga hay’at keladi. Oxirgi dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan muloqatlar yakunida Makron, Merkel va Putin o‘rtasida kelishib olindi deyolmayman. Putin bilan 5-mart kuni telefon orqali emas, Istanbul yoki Anqarada yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishimiz mumkin” deya gapirdi.

Rossiya bilan Liviya masalasini ham muhokama qilganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an Liviyani nazarda tutgan holda u yerda Hafter degan norasmiy shaxsiyat borligini, Abu Dabi yetakchiligining uni qo‘llab-quvvatlaganini, afsuski Rossiyaning ham u yerda “Vagner” degan xususiy harbiy kompaniyasi borligini, uning 2500 kishilik qurollangan kuch ekanligini shuningdek ularning moliyaviy manbaiining Abu Dabi yetakchiligi ekanligini, Turkiyaning bularni Rossiya bilan qo‘lga olayotgani va hurmatli Putin bilan uchrashib, yo‘l xaritasining qayerida kamchiliklar borligi ko‘zdan kechirilayotganini qayd etdi.    

Prezident Erdo‘g‘an Liviyada Turkiyaning 2 shahid berganini ham qayd etdi.



Aloqador xabarlar