Turkiya migratsiyani boshqarish sohasidagi faoliyatlari munosabati bilan taqdirlandi

Turkiya migratsiyani boshqarish sohasidagi muvaffaqiyatli faoliyatlari munosabati bilan “O‘rta yer dengizi – PA 2020” mukofatiga loyiq deb topildi.

1364415
Turkiya migratsiyani boshqarish sohasidagi faoliyatlari munosabati bilan taqdirlandi

Turkiya migratsiyani boshqarish sohasidagi muvaffaqiyatli faoliyatlari munosabati bilan “O‘rta yer dengizi – PA 2020” mukofatiga loyiq deb topildi.

O‘rta yer dengizi Parlament assambleyasining o‘n to‘rtinchi yalpi yig‘ilishi Gretsiya poytaxti Afinada bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda Turkiya, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Migratsiya idorasi (Göç İdaresi) ning migratsiyani boshqarish sohasidagi muvaffaqiyatli faoliyatlari munosabati bilan “O‘rta yer dengizi – PA 2020” mukofatiga loyiq deb topildi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisining O‘rta yer dengizi Parlament assambleyasi komissiya rahbari va deputat Atay Uslu, yigilish ortidan bergan bayonotida, Turkiyaning migratsiyani boshqarish sohasidagi muvaffaqiyatli faoliyatlari tufayli “O‘rta yer dengizi – PA 2020” mukofatiga to‘liq loyiq ekanligini qayd etdi.  

Mukofatini xalq nomidan olganini eslatib o‘tgan Uslu,

“Bugun assambleyada Turkiyani albatta olqishlayapdilar. Odamgarchilik va migratsiya masalasida butun dunyo Turkiyaga minnatdorchilik bildirmoqda lekin bundan buyon bu borada biz ham dunyoni olqishlashni xohlaymiz” dedi.

Uslu, xalqaro hamjamiyatning ham migratsiya masalasida javobgarchiliklari borligini eslatib o‘tgan holda, bu javobgarchiliklarning bajarilishini kutganliklarini qayd etdi.

O‘rta yer dengizi va Egeydagi insonlarning o‘limini eslatib o‘tgan Uslu,

“O‘rta yer dengizida chaqaloqlar, insonlar o‘lyapdi. Avvallari dengizlar kirlanib, baliqlar qirg‘oqlarga to‘planardi. Endilikda vijdonlar kirlanmoqda. Chaqaloqlar, Aylan va Umrandek bolakaylar qirg‘oqlarga to‘planmoqda. Bularning gunohi dunyoning bo‘yniga. Chaqaloqlar o‘lar chog‘ida emas, uhlar chog‘ida jim bo‘ladi” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar