Putin bilan telefon orqali suhbatdan so'ng,Idlib mintaqasida tutgan munosabatlar aniqroq bo'ladi.

Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g'an, kechqurun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatdan so'ng, Suriyaning Idlib mintaqasida tutgan munosabatlari aniqroq bo'ladi, dedi.

1364089
Putin bilan telefon orqali suhbatdan so'ng,Idlib mintaqasida tutgan munosabatlar aniqroq bo'ladi.

 

Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g'an, kechqurun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatdan so'ng, Suriyaning Idlib mintaqasida tutgan munosabatlari aniqroq bo'ladi, dedi.

Prezident Erdo’g’an Istanbulda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Idlibdagi vaziyatni "urush" deb  ta’kidlagan Erdo’g’an

"Men Putin bilan telefon orqali suhbatlashaman. Hozircha Idlibdagi barcha voqealarni ko'rib chiqamiz. Agar rejim Idlib aholisiga qarshi zulmni to'xtatmasa, bizning u yerdan  chekinishimiz  mumkin emas. Biz  buni  faqat o’t ochishni to’xtatishi bilan qilishimiz mumkin” dedi.

Kecha 2 nafar turk askari shahid bo’lgan hujumga qarshi qasos olish natijasida  150ga yaqin rejim unsuri  yo’q qilinganini aytgan Erdo’g'an, rejimga oid  12 ta tank, 3 ta zirhli mashina 14 ta  pushka va 2 ta datchikning yo'q qilinganligini bildirdi.

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel, shuningdek, 5 mart kuni Istanbulda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning  ham telefon orqali suhbatga  ishtirok etishni taklif qildi.

"Putin bu taklif haqida hozirgacha kerakli javobni bermadi. Umid qilamanki, biz bu oqshomki  uchrashuvida xayrli bir qadam tashlarmiz. Idlibdagi munosabatimizni shunga qarab belgilaymiz", dedi u.

Prezident,

"Agar rejim Idlib aholisiga qarshi zulmini  to'xtatmasa, bizning  u yerdan  chekinish mumkin emas. Biz buni faqat o't ochishni to'xtatishi bilan  qilishimiz mumkin. Biz xavfsiz zonada yangi  bir qadam tashladik. Keling,  briketlar bilan 25-30 kvadrat metrlik barakalar quraylik dedik va bu faoliyatimizga  davom etmoqda” deb qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Aniq , #Masala , #Idlib , #Suriya , #Suhbat , #Ptun , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar