Turkiya Xitoyga tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yubordi

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan 2000 ta yuz uchun filtrlovchi niqob va 2000 ta himoya qiluvchi kombinezon Xitoy Xalq Respublikasining Ankaradagi elchixonasi rasmiylariga topshirildi.

1361856
Turkiya Xitoyga tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yubordi

 

 

Turkiya Xitoyda tarqalgan koronavirusga (nCoV-2019) qarshi kurashish va uning tarqalishini oldini olish bo’yicha Xitoyga tibbiy buyumlardan iborat bo’lgan insonparvarlik yordami yubordi.

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan 2000 ta yuz uchun filtrlovchi niqob va 2000 ta himoya qiluvchi kombinezon Xitoy Xalq Respublikasining Ankaradagi elchixonasi rasmiylariga topshirildi.

Ushbu tibbiy buyumlarni Xitoyning Ankaradagi elchixonasi maslahatchisi Cheng Veihua qabul qilib oldi.

Tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordamlari xavfli infeksiya tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va uni bartaraf etish bo‘yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.

Elchixona rasmiylari Xitoy xalqi nomidan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.



Aloqador xabarlar