Mavlud Chavushog’li Xitoy TIV rahbari Vang I bilan uchrashdi

Uchrashuvda oxirgi yillarda Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi lagerlarda uyg‘urlarni “qayta tarbiyalash” bo‘yicha Xitoy siyosati muhokama qilindi.

1360318
Mavlud Chavushog’li Xitoy TIV rahbari Vang I bilan uchrashdi

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Xitoy TIV rahbari Vang I bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuv Germaniyaning Munih shahrida boshlangan xalqaro anjuman doirasida amalga oshirildi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda uyg’urlarning bugungi vaziyati muhokama qilindi.

Xitoyda oxirgi yillarda Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi lager-muassasalarida uyg‘urlarni “qayta tarbiyalash” bo‘yicha Xitoy siyosati xalqaro maydonda qoralanmoqda.

Inson huquqlari kuzatish tashkiloti hisobotida, oxirgi ikki yilda Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi ko’plab uyg’urlar hech qanday sababsiz “qayta tarbiyalash” lagerlariga joylashtirilganligi qayd etilgan.

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, keyingi yillarda u yerda yashovchi uyg‘urlar ommaviy va ko‘pincha asossiz ravishda ushlanmoqda hamda qamoq va tarbiya lagerlariga tashlanmoqda.

Millionlab kishilar ustidan muntazam videokuzatuv tashkil etilgan bo‘lib, ularning ijtimoiy ahvoli va taqdiri “ijtimoiy kredit” tizimida to‘plangan ballarga bog‘liq. Ta’kidlanishicha, Xitoyda bunday miqyosdagi qatag‘onlar Madaniy inqilob davridan buyon kuzatilmagan.



Aloqador xabarlar