Emine Erdo’g’an pokistonlik yoshlarni oliy ta’lim uchun Turkiyaga taklif qildi

Prezident Erdo'g’anga hamrohlik qilish uchun Pokistonda bo’lib qaytgan Emine Erdo’g’an poytaxt Islomobodda “Faysal” nomidagi maorif maktabiga ham uchradi.

1359991
Emine Erdo’g’an pokistonlik yoshlarni oliy ta’lim uchun Turkiyaga taklif qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning rafiqasi Emine Erdo’g’an pokistonlik yoshlarni oliy ta’lim uchun Turkiyaga taklif qildi.

Prezident Erdo'g’anga hamrohlik qilish uchun Pokistonda bo’lib qaytgan Emine Erdo’g’an poytaxt Islomobodda “Faysal” nomidagi maorif maktabiga ham uchradi.

Unda so’zlagan nutqida Pokiston va Turkiyaning tarix davomida katta fidokorliklarga bardosh berganini eslatib o’tgan holda, ikkala xalqning mushtarak madaniyat va manaviyat havzasidan oziqlanganligini qayd etdi.

Oxirgi yillarda Turkiyada universitetlar sonining ortganligi va ta’lim sifatining yaxshilanishi tufayli dunyoda chet ellik talabaga eng ko’p quchoq ochgan mamlakatlardan biriga aylanganini ta’kidlagan Emine Erdo’g’an,

“Turkiya 2023-yilga kelib 200 ming chet ellik talabani bag’riga bosishni rejalashtirmoqda. Albatta pokistonlik bolalarimiz uchun Turkiya chet mamlakat emas, ikkinchi vatanidir. Shu bois ham sizlarni oliy ta’lim olish uchun Turkiyaga taklif qilaman” dedi.

Pokiston milliy xalq raqslari namoyish etilgan tashrif chog’ida Emine Erdo’g’anga Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’luning rafiqasi Hulya Chavusho’g’lu, Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akarning rafiqasi Shule Akar shuningdek Transport va infratuzilma vaziri Mehmet Jahit Turhanning rafiqasi Meral Turhan ham hamrohlik qildi.

Aytib o'tish joizki Turkiya Maorif fondi tomonidan Pokistonning besh boshqa mintaqasining 10 ta shahrida 27 ta universitet shaharchasi bilan 38 ta maktabda 12 ming 500 o’quvchiga ta’lim berilmoqda.  

 

 



Aloqador xabarlar