Turkiya, Suriya rejimining 1915-yilgi voqealar haqidagi qarorini “ikki yuzlamachilik” deb baholadi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, Suriya rejimining 1915-yilgi voqealar haqidagi qarorini baholadi.

1359304
Turkiya, Suriya rejimining 1915-yilgi voqealar haqidagi qarorini “ikki yuzlamachilik” deb baholadi

Turkiya, 1915-yilgi voqealarni Suriya rejimi tomonidan qatliom deb tan olinishi masalasini “ikki yuzlamachilik” deb baholadi.

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, qaror haqidagi bir savolga qarshi quyidagi ifodalarga o’rin berdi:

“Suriya rejimi parlamentida qabul qilingan 1915-yilgi voqealarning qatliom deb tan olinishi haqidagi qaror ikki yuzlamachiliknnig eng aniq ko’rsatkichidir. O’z xalqiga qarshi uzoq yillardan buyon bola-chaqa demay har qanday qatliomni uyushtirgan, millionlab insonni uy-joyidan mahrum qilgan va kimyoviy qurollardan foydalanish mahorati jihatidan yaxshi tanilgan ikki yuzlamachilikning dalilidir. Bu rejim yo’l ochgan insoniy fojia haligacha davom etmoqda va eng muhimi tarixning eng dahshatli falokatlaridan biri chegaramizda yuz bermoqda”.



Aloqador xabarlar